Qo‘llab-quvvatlash
Vatandoshlarimizga amaliy yordam beruvchi vositalar: ma’lumot, yo‘l-yo‘riq va foydali servislar.
Ushbu GitHub tashkiloti xorijda — Rossiyada, AQShda, Koreyada, Germaniyada va boshqa davlatlarda yashayotgan, ishlayotgan yoki o‘qiyotgan o‘zbeklarni qo‘llab-quvvatlash uchun ochiq kodli loyihalar jamlanmasidir.
Chet elda yashash — bu yangi imkoniyatlar, lekin ayni paytda til, hujjatlar, ish va kundalik hayot masalalarida yordam kerak bo‘ladi. Ko‘priKew shu bo‘shliqni to‘ldiradi.
Vatandoshlarimizga amaliy yordam beruvchi vositalar: ma’lumot, yo‘l-yo‘riq va foydali servislar.
Rossiya, AQSh, Koreya, Germaniya va boshqa davlatlardagi o‘zbeklarni bitta raqamli muhitda birlashtiramiz.
Har bir loyiha Open-Source. Kodni o‘rganish, takomillashtirish va o‘z hissangizni qo‘shish uchun ochiq.
Loyihalarda qatnashib, siz ham boshqalarga yordam berasiz, ham o‘z tajribangizni oshirasiz.
Har bir loyiha — musofirdagi vatandoshimiz hayotini yengillashtiradigan alohida ko‘prik. Quyida ularning tavsifi va hozirgi holati bilan tanishing.
Chet eldagi o‘zbeklar uchun arzon, halol va tanish taomlar joylashuvi, retseptlar va oshxona maskanlari xaritasi.
Ishlab chiqilmoqdaMusofirlar uchun ishonchli uy-joy va yotoqxona e’lonlari.
RejalashtirilganChet elda ish topish, hujjatlar va vizalar bo‘yicha qo‘llanma.
RejalashtirilganTil o‘rganish (audiolar, mashqlar) va mahalliy tarjimonlar bilan bog‘lanish, shuningdek, rasmiy hujjatlarni tushunishga yordam beruvchi vositalar.
RejalashtirilganFavqulodda holatlarda (kasalxona, huquqiy yordam) tez aloqa.
RejalashtirilganVatandagi mutaxassislarni (masalan, IT, tibbiyot, huquq) chet elda o‘qiyotgan yoki ishlayotgan yoshlar bilan bog‘laydigan mentorlik platformasi.
RejalashtirilganChet elda ishlayotgan o‘zbeklar uchun vatandagi ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishni tashkil etish (dorilar, shifokor qabuli, kundalik aloqa) bo‘yicha xizmatlar katalogi va ishonchli kontaktlar.
RejalashtirilganMusofirlar uchun ko‘p tilli sog‘liqni saqlash yo‘riqnomasi: mahalliy tibbiyot tizimi, shifokor qabuliga yozilish, favqulodda raqamlar va ruhiy salomatlik xizmatlari haqida tushunarli ma’lumotlar.
RejalashtirilganHozirda faol rivojlantirilmoqda.
G‘oya bor, lekin hali ish boshlanmagan.
Faqat konsepsiya, jamoa va resurslar kerak.
Foydalanish uchun tayyor.
Biz ushbu loyihalarni Open-Source shaklda rivojlantiramiz. Agar siz dasturchi, dizayner, kontent yaratuvchi yoki shunchaki yordam bermoqchi bo‘lgan ko‘ngilli bo‘lsangiz — jamoamizga xush kelibsiz!
Repozitoriyalarni Fork qiling va o‘z nusxangizda ishlang.
Yangi funksiyalar qo‘shing yoki xatoliklarni bug to‘g‘rilang.
Pull Request yuboring — birgalikda ko‘rib chiqamiz va birlashtiramiz.
Hamkorlik, g‘oya yoki savollaringiz bo‘lsa — bemalol bog‘laning.
«Yaxshilik yo‘lida qurilgan ko‘prik bo‘laylik!»
“Let us be a bridge built for the sake of goodness!”